E'lonlar

Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 26 iyulda 329-sonli buyrug‘i bilan Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan yaratilgan raqamli ta’lim resurslarining ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlash, mavjudlarini takomillashtirish va ommalashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga raqamli ta’lim resurslarini joriy etish bo‘yicha uslubiy jihatdan qo‘maklashish, ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llayotgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich – oktyabr oyida professional ta’lim muassasalari miqyosida;

2-bosqich – noyabr oyida hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida;

3-bosqich – dekabrda Respublika miqyosida.

Tanlovning barcha shartlari Vazirning 2023 yil 26 iyulda 329-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibda keltirilgan.

1. Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi

2. Tanlovni o‘tkazish nominatsiyalari