Kasbiy ta'limni raqamlashtirish laboratoriyasi

    О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 6-avgust kuni о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 62-sonli bayonining 26-bandida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida “Kasbiy ta’limni raqamlashtirish laboratoriyasi”ni tashkil etish tо‘g‘risida kо‘rsatma berilgan.

    Laboratoriya Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 5-oktabrdagi “Kasbiy ta’limni raqamlashtirish laboratoriyasini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 516-son qarori hamda Institutning 2020-yil 10-oktabrdagi 229-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

    Laboratoriyaning maqsadi – kasbiy ta’limni raqamlashtirish, multimedia va elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqadigan va amaliyotga joriy etadigan asosiy tuzilma hisoblanadi.

    Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

  • kasbiy ta’lim tizimi uchun о‘quv-metodik adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
  • kasb va mutaxassisliklar bо‘yicha video instruktor va 3D modellarni yaratish ishlarini tashkil etish;
  • virtual reallik (VR/AR) texnologiyalarini qо‘llagan holda virtual laboratoriyalarni tashkil qilish;
  • elektron didaktik materiallarning yangi avlodini yaratish va joriy etish;
  • maxsus fanlar va о‘quv amaliyotlari yо‘riqli texnologik xaritalarni takomillashtirish ishlarini tashkil qilish;
  • professional ta’lim muassasalarida elektron kutubxonalarni bosqichma-bosqich tashkil etish va rivojlantirish;
  • axborot-resurs markazlarini elektron resurslar bilan ta’minlash va foydalanishni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
  • fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarda ishtirok etish.
  • Laboratoriya o‘ziga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • professional ta’lim muassasalarini boshqarishni avtomatlashtirish va pedagoglar bazasini shakllantirish;
  • multimedia ilovalari, audio, vizual va virtual ta’lim vositalarini yaratish va joriy etish;
  • elektron o‘quv-metodik adabiyotlar bazasini shakllantirish va ta’lim platformalariga joylashtirish;
  • videokonferensiya aloqalari orqali uzluksiz masofaviy metodik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
  • virtual reallik texnologiyalari, simulyatorlar va videoinstruktorlarni ta’limga joriy etish;
  • xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish;
  • innovatsion ishlanmalar bo‘yicha patentlar va mualliflik guvohnomalari olish.