Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich
Institut direktori
Institut direktori
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1991 yil, Toshkent xalq xо‘jaligi instituti (kunduzgi)
Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodchi
Ilmiy darajasi: iqtisod fanlari doktori, professor
Vazifalari:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining taʼlim to‘g‘risidagi qarorlari, taʼlim tizimining barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatlari asosida olib borilishini taʼminlaydi, kasb-hunar taʼlimini innovatsion rivojlantirish, taʼlim sifati va mazmunini taʼminlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga ixtisoslashtirilgan xorijiy va mahalliy muassasalar, universitet va institutlar, markazlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, umumiy tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshiradi, Vazirlik tomonidan belgilangan topshiriqlar, rejalar, buyruqlar va ko‘rsatmalarni amalga oshiradi, institutning ilmiy-uslubiy va o‘quv-tarbiyaviy faoliyati yo‘nalishlarini aniqlaydi, belgilangan tartibda joriy va istiqbol rejalarni tasdiqlaydi. O‘zining o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘limlar hamda kafedralar o‘rtasida ilmiy tadqiqotlarni hamda vazifalarni taqsimlaydi, bajarilishini nazorat qiladi. Institut xodimlarining yuqori unumli ishlashi va tadqiqotlar samarasini oshirish uchun sharoit yaratadi, qonunlar, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, yong‘indan saqlanish, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat intizomi talablariga rioya qilishni taʼminlaydi.
Professional ta’limni rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Vazifalari:
Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Vazifalari:
Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1998 yil, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti 2005 yil, Samarqand davlat universiteti
Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: zooinjener, iqtisodchi
Vazifalari:
Xo‘jalik faoliyati, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlarini amalga oshiradi, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha ish rejalari loyihasini tayyorlaydi, kafedralar, o‘quv va laboratoriya xonalari, tinglovchilar turar joylari hamda boshqa binolarni zarur jihoz va asbob-uskunalar bilan taʼminlaydi, xodimlar va tinglovchilar sihat-salomatligini va xavfsizligini taʼminlovchi sharoitlar yaratadi, binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini, qurilish, kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qiladi va nazoratini olib boradi, budjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiradi, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlarini tegishli bo‘linma hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan amalga oshiradi, institut mulklarini hisobga olish va saqlanishini taʼminlash, yaroqsiz bo‘lganlarini hisobdan chiqarishni tashkil qiladi.
Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i
Vazifalari:
Bo‘limning oylik, chorak, yarim yillik, yillik va istiqbol rejalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini taʼminlaydi. Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha kutilayotgan natijalar, shu bilan birga tadbiq etish va yakuniy maqsadlarni belgilaydi, joriy etadi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi, ilmiy maqolalar, metodik qo‘llanmalar chop etilishi, ilmiy konferensiyalarni tashkil etilishini nazoratga oladi. O‘tkazilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalarning uslubi va vositalarini tanlaydi, tadqiqotlarning aniq mavzulari talabgorlik ustida ishlaydi. Ilmiy tayanch markazlarida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazilishini tashkil qiladi va rahbarlik qiladi.