О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 11 iyuldagi
“Oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning
yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari
tо‘g‘risida”gi
PQ-4391-sonli qarori
bilan О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Kasb-hunar ta’limi markazi
huzuridagi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion
rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti negizida
О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar,
professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
instituti
tashkil etilgan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
huzuridagi muassasa bo‘lib,
Professional ta’lim tizimida innovatsion
rivojlantirishni, rahbar va pedagog kadrlar malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga
oshiruvchi davlat ta’lim muassasasidir.
Institut belgilangan maqsadga erishish hamda
professional ta’lim tizimini innovatsion
rivojlantirish bо‘yicha quyidagi uch asosiy
yо‘nalishlarda о‘z faoliyatini amalga oshiradi:
professional ta’limni rejalashtirish va
rivojlantirish;
rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va
qayta tayyorlash;
о‘quv adabiyotlari va meyoriy hujjatlarni nashr
qilish.
Institutga iqtisod fanlari doktori, professor
Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich rahbarlik qiladi.
Institut joylashgan manzil: Toshkent shahri, Olmazor
tumani, Ziyo 76 uy