AXBOROT XATI
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2024-yil 9-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00 da boshlanadi.
Anjuman ishtirokchilarini ro‘yxatga olish: 09:00-10:00.
Anjuman boshlanishi: 10:00.
Shoʻbalar 11:40 da.
Anjuman jarayonida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
1-shoʻba. Xalqaro tajribalar asosida professional ta’lim muassasalarini rivojlantirish strategiyasi;
2-shoʻba. Professional ta’lim tizimida fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash va dual ta’limni rivojlantirish masalalari;
3-shoʻba. Professional ta’lim tizimida rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va kasbiy rivojlanish sohasida muammo va yechimlar;
4-shoʻba. Oʻquvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash orqali qambagʻallikni qisqartirish masalalari;
5-shoʻba. Ta’lim tizimini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish istiqbollari.
Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini
rasmiylashtirish tartibi:
Maqola berish mutlaqo bepul.
Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan, ilmiy yondashilmagan va professional ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy gʻoya hamda fikr-mulohazalar singdirilmagan maqolalar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Faqat tahrir hay’ati tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning maqola va tezislari chop etiladi.
Manzil: Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 96-uy, Professional ta’limni rivojlantirish instituti, 2-qavat. “Innovatsion loyihalar, fan va ta'lim texnologiyalari transferi” bo‘limi
Tel: +998959552901, +998998644988. T-me guruh: @PTRI_konferensiya
Namuna:
Ishlab chiqarish ta’limi ustalarini ish joyida kasbiy faoliyatga tayyorlash muammolari
Uralov Sirojiddin Axmadaliyevich
Professional ta’limni rivojlantirish instituti katta oʻqituvchisi
(+998959552901, usammm@mail.ru)
Annotatsiya: matn.
Kalit so‘zlar: matn.
MATN, MATN, MATN, MATN, MATN, MATN, MATN, MATN.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Xodjaboyev A.R., Xusanov I.A. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. - T.: ”Fan va texnologiya”, 2007. - 192 b.
178